Nursulton Nazarboyevning ikki kuyovi yirik davlat kompaniyalari rahbarligidan ketdi — OAV

18:00 15 Yanvar 2022 Dunyo
586 0

Foto: asiaplustj.info

“KazTransOil” AJ boshqaruvi raisi Dimash Dosanov va “QazaqGaz” Milliy kompaniyasi AJ boshqaruvi raisi Kayrat Sharipbayev oʻz lavozimlaridan ozod etilgan. Bu haqda KazTAG axborot agentligi oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.

«Doʻsanov va Sharipboyevni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida qaror direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan», deyiladi manbada.

Ushbu maʼlumotni “Samruk-Kazina” jamgʻarmasi ham rasman tasdiqladi.

“QazaqGaz” Milliy kompaniyasi boshqaruv kengashining 2022-yil 14-yanvardagi qaroriga muvofiq K. K. Sharipbayev taqdim etgan arizasiga asosan “QazaqGaz” Milliy kompaniyasi AJ boshqaruvi raisi lavozimidagi, “KazTransOil” AK direktorlar kengashining 2022-yil 14-yanvardagi qaroriga muvofiq D. G. Dosanov taqdim etgan arizasiga asosan “KazTransOil” AK Bosh direktori (boshqaruv raisi) lavozimidagi vakolatlari muddatidan avval tugatildi», deyiladi jamgʻarma xabarida.

Dosanov Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyevaning turmush oʻrtogʻi hisoblanadi. 

Sharipboyev esa Nazarboyevning toʻngʻich qizi Darigʻa Nazarboyeva turmush oʻrtogʻi hisoblanadi. Ammo ularning toʻyi haqida hech qayerda rasman xabar berilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?