Nurotadagi ikki maktabga yuz nomdagi kitoblar sovgʻa qilindi

Foto: Xalq so‘zi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʻlimi, “Alisher Navoiy nodir merosini targʻibot markazi” jamoat birlashmasi Nurota tumanining olis choʻl hududidagi “Yangi turmush” mahallasida joylashgan 9- va 20-umumtaʼlim maktablarida “Biz Navoiy ijodini oʻrganamiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi.
Tadbir avvalida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʻlimi boshqaruvi raisi F.Soliyev ulugʻ alloma shoir ijodiy merosini oʻrganish va targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalib, oʻqituvchi-pedagoglar oldida turgan vazifalarni alohida taʼkidladi.
— Hazrat Navoiy ijodiy merosi ulkan ummonki, avlodlar bu ummondan asrlar oshib duru gavharlar terib olmoqdalar, — dedi F. Soliyev. — Tadbirni oʻtkazishdan maqsad esa Navoiy asarlarini chuqur oʻrganish, ularda ilgari surilgan yuksak insoniylik gʻoyalarini yoshlar orasida keng targʻib qilish, Navoiy asarlari orqali navqiron avlodda ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, mehnatsevarlik koʻnikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan Navoiy ijodidan namunalar, shoir hayoti haqida turli sahna koʻrinishlari, gʻazallariga bastalangan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Insholar, rasmlar tanlovi va gʻazalxonlik mushoiralari oʻtkazildi. Gʻoliblar va faol ishtirok etgan oʻquvchilar “Mahalla” fondi viloyat boʻlimi va “Alisher Navoiy nodir merosini targʻibot markazi” jamoat birlashmasi tomonidan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tadbir soʻngida shu ikki maktabda taʼlim olib, bugungi kunda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan N. Djulibekov soʻzga chiqib, Navoiy merosini oʻrganishning ahamiyati, oʻzbek tiliga ehtirom zarurati, kitobning inson kamolotidagi oʻrni haqida oʻz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Shundan soʻng har ikki maktab kutubxonasi fondiga oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarining yuz nomdagi sara asarlaridan iborat 400 dona kitoblar jamlanmasi begʻaraz topshirildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring