Nurobodda qalbaki alkogol mahsulotlari aniqlandi. Jarayon tergovga yoʻnaltirilgan
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.G. “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasida hujjatlari boʻlmagan 7 ming 335 dona alkogol mahsulotlarini Qashqadaryo viloyatiga olib ketayotgan paytda toʻxtatildi.
Ushbu alkogol mahsulotlarining sifati va qonuniyligi tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagani sababli, barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.
Qonunbuzarlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Shuningdek, qonunbuzarlikka tegishli tarzda 25 va 186-1-moddalar (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) boʻyicha ham ayblov qoʻyildi. Tergov jarayoni boshlanib, ishning barcha tafsilotlari oʻrganilmoqda.
Qalbaki aksiz markalari bilan muomalaga kiritilgan mahsulotlarni tarqatish nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki jamoat salomatligi uchun ham jiddiy tahdid tugʻdiradi. Huquq-tartibot organlari tomonidan bunday holatlarga qarshi kurashish jarayonida ushbu kabi tadbirlar nafaqat qalbaki mahsulotlarni tarqalishini oldini oladi, balki qonunchilikka rioya qilishni ham taʼminlaydi.
Tezkor tadbir jarayonida aniqlangan 14 turdagi alkogolli mahsulotlarning umumiy bahosi 169,1 million soʻmni tashkil qildi. Ular Qashqadaryo viloyatida tarqatish uchun olib ketayotgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring