Nurobod va Urgut tumanlarida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.D.” fermer xoʻjaligi rahbari S.R. chorva mollarni sotib olish va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga sotib olingan 1 250 bosh qoʻylarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 124,6 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “W.G.” MCHJ rahbari O.S. qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 5 mlrd soʻm kreditning bir qismini boshqa kredit qarzdorligi uchun yoʻnaltirib, 2,3 mlrd soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring