Nurobod tumanidagi Yangihayot guzari aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi

Nurobod tumanidagi Tim qishlogʻi, Arab ota mahallasi viloyat markazidan 130-140 kilometr uzoqlikda, choʻl zonada joylashgan. Mahallada 7 ta guzar boʻlib, shundan Yangihayot guzarida yashovchi aholi ichimlik suvidan qiynalib kelardi. Guzarda 190 xonadonda 790 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularga ichimlik suvi tashib keltiriladi, yaʼni bir mashina suvni aholi 50-60 ming soʻmga sotib olardi. Sotib olgan suvni har bir xonadon oʻzi qazib tayyorlagan maxsus hovuzda saqlardi. Qisqasi, bir mashina suv har bir xonadonga 15-20 kunga, oshib borsa bir oyga yetardi.
2019-yilning 24-noyabrida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Tim qishlogʻiga tashrif buyurganida, ushbu muammo aholi tomonidan koʻtarildi. Shundan soʻng oʻtgan davr mobaynida mahalliy mablagʻlar hisobidan qiymati 420 million soʻmlik ishlar bajarilib, 3 kilometr ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 1 ta artezian qudugʻi, 1 ta TP 63 transformatori oʻrnatildi. Natijada, ichimlik suvi tarmogʻi hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini hamda hududda istiqomat qiluvchi 1500 dan ortiq aholi xonadonlarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring