Nurmat Otabekov SOVID-19 boʻyicha tarqalayotgan eski audio-xabarlarga izoh berdi

10:13 29 Iyun 2022 Jamiyat
349 0

Yurtimizda koronavirusdan kasallanish boʻyicha kunlik koʻrsatkichlarda nisbatan koʻtarilishlar kuzatilayotganiga guvoh boʻlib turibmiz. Ana shu oʻsishlar fonida ijtimoiy tarmoqlarda qatʼiy karantin choralari yana kuchaytirilishi, virusning yangi shtammlari tarqalayotgani, shifoxonalarda “oyoq bosishga joy yoʻq”ligi haqidagi audioyozuvlar sizdirilmoqda.

Ushbu gap-soʻzlar qanchalik haqiqatga yaqin?

Bu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Atabekov atroflicha javob berdi:

— Bu audioyozuvlarlarni tinglab koʻrsangiz, ular sizga tanish tuyuladi. Chunki ushbu xabarlar kasallik avj olgan oʻtgan yilgi pandemiya davrida ham oʻrtaga chiqqan edi. Buni ulardagi leksika va umumiy manzaradan ham sezish qiyin emas.

Deylik, bu xabarlardan birida virusning yangi shtammi tarqalib ketgani haqida soʻz boradi.

Holbuki, ayni paytda yurtimizda koronavirusning asosan “omikron” shtammi aniqlanmoqda. Bu bemorlarning 98 foizida kasallik yengil darajada kechyapti. Mazkur shtammning yurtimizda tarqala boshlaganiga esa yarim yilga yaqinlashyapti.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rasmiy manbalarida koronavirusning tarqalishi boʻyicha soʻnggi yangiliklar berib borilmoqda. Asl vaziyatga qaraydigan boʻlsak, bir kunda mamlakatimizda oʻrtacha 100-120 ta kasallanish qayd etilmoqda. Albatta, 35 million aholi orasida bu — juda kichik koʻrsatkich.

Shunday boʻlsa-da, COVID-19 ga chalinmaslikning asosiy va eng samarali yoʻli vaksinatsiya boʻlib turibdi. 2 yoki 3 bosqichli emlashni qabul qilgan fuqarolar 6 oydan soʻng buster dozani olishlari, shundan 6 oy oʻtib, yana qayta emlanishlari mumkin.

Yuqoridagi asossiz xabarlarni tarqatayotgan kimsalar aholi orasida xavotir uygʻotishga harakat qilayotgani koʻrinib turibdi.

Yuqoridagi asossiz xabarlarni tarqatayotgan kimsalar aholi orasida xavotir uygʻotishga harakat qilayotgani koʻrinib turibdi. Shu bois fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni sogʻlom aql bilan baholashlarini, ularni tarqatayotganda asosliligini tekshirib koʻrishlarini soʻraymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?