Nurmat Otabekov Oʻzbekiston 12 ta vaksina ishlab chiqaruvchi davlatga rasman murojaat qilganini maʼlum qildi

20:56 23 Iyul 2021 Jamiyat
793 0

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov Oʻzbekiston boshqa davlatlardan ham koronavirusga qarshi vaksina olishga uringanini maʼlum qildi.

«Xitoyda aynan biz emlanayotgan vaksina bilan 100 milliondan koʻproq aholi emlangan. Hozirda dunyoda vaksina ishlab chiqarmoqchi boʻlgan davlatlar 170 ga yaqin. Lekin bugunga qadar dunyo miqyosida 14 ta vaksinani favqulodda holatlar boʻyicha qoʻllashga ruxsat berilgan. Ulardan faqat 6 tasiga JSST tavsiya bergan.

Oʻzbekiston 12 ta vaksina ishlab chiqaruvchi davlatga rasman murojaat qilgan. Butun dunyoda vaksinaga ehtiyoj juda yuqori boʻlganligi uchun ishlab chiqarish jarayonlari quvvati yetmayapti. Oʻzbekiston hozirda qoʻllanilayotgan vaksinalardan tashqari boshqa vaksinalarni ham mamlakatga olib kelish boʻyicha harakat qilyapti.

Vaksina ishlab chiqarayotgan davlatlarning imkoniyatlari oshishi bilan bizda ham vaksinalarning soni va turi koʻpayishi mumkin», dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?