Nuriddin Xoliqnazarov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi

19:05 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
531 0

Foto: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Xoliqnazarov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabariga koʻra, 2021-yil 19-oktyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda tashkiliy masala koʻrilgan. Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Xoliqnazarov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangan.

Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968-yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tugʻilgan. 1992-yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998-yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007-yilda esa Fargʻona davlat universitetini tamomlagan.

Ish faoliyatlari davomida Asaka shahridagi “Ahmadali Maxdum” masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi, poytaxtdagi “Koʻkaldosh”, Andijon viloyatidagi «Sayyid Muhyiddin maxdum» madrasalari oʻqituvchisi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi va 2019-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

2006-yildan buyon Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlagan Usmonxon Alimov 15-avgust kuni 71 yoshida ogʻir xastalikdan soʻng vafot etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?