“Nurafshon”da kechayotgan rangin lahzalar
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. “Nurafshon” yozgi bolalar dam olish oromgohi Kitob tumanining Qaynar qishlogʻi hududida, salqin, soʻlim va bahavo manzilda joylashgan. Ayni paytda oromgohda 3-mavsumda 200 nafarga yaqin bolajonlar maroqli hordiq chiqarmoqda. Ularning isteʼdodini yuzaga chiqarish, jamoaviylik va tashabbuskorlikni oshirishga qaratilgan sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy muloqotlar, davra suhbatlari oʻtkazib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari, senator Komila Karomova hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova ishtirokida tashkil etildi.
— Tadbir doirasida oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdik, bolajonlar bilan dildan muloqot qildik, — deydi senator Komila Karomova. — Shu bilan bir qatorda, ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda ijodiy, intellektual tanlovlar hamda sport musobaqalari ham tashkil etildi. Bugungi yoshlarimizning har jabhada faolligi, zukkoligi, bilimi bizni xursand qildi.
Oromgohda oʻtkazilgan tanlov va musobaqalarda faollik koʻrsatgan bolajonlarga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring