Sobiq vazir Nurafshon shahriga hokim boʻldi

10:06 15 Yanvar 2021 Siyosat
785 0

Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdan tashqari 24-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi Rustam Xolmatov nutq soʻzladi.

Rustam Xolmatov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich nomzodini tavsiya etdi.

Sessiya kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan muhokamalardan soʻng, Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri edi.

Sessiya ishida, shuningdek, Nurafshon shahri hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan shu lavozimga Usmonov Sherzod Robbimovich tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?