Nukusda “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

12:55 30 Iyul 2021 Hujjatlar
816 0

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–5202-son, 29.07.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra, Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.

Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi.

Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari elektron xaritalanib, maʼlumotlar bazasi yaratiladi.

Shaxslarning yuzi boʻyicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik shoʻr suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, gʻalla, kunjut, makkajoʻxori va chorva ozuqasi ekinlarini sugʻorishda yomgʻirlatib sugʻorish tizimi joriy etiladi.

Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkazish boʻyicha logistika xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, shoʻrlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy taʼlim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?