Moddiy taʼminot mutaxassislarining kasb bayrami nishonlandi

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farhodjon Shermatov Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi moddiy taʼminot mutaxassislari va taʼminotchilarining kasb bayrami munosabati bilan bir guruh fidoyi harbiy xizmatchilar va xizmatchilarni ragʻbatlantirdi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
Karantin qoidalariga amal qilgan holda ochiq havoda boʻlib oʻtgan oʻtgan tadbirda okrug operativ va qoʻshinlar pogʻonasidagi moddiy taʼminot mutaxassislari oʻzlarining faoliyatini doimiy yuqori jangovar shaylik va safarbarlik tayyorgarlikni saqlab turishga, harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining yashash sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilashga, ularning sogʻligini saqlashga, jangovar va xizmat vazifalarni bajarishda harbiy qism va muassasalarni barcha turdagi zarur boʻlgan moddiy taʼminot vositalari bilan uzluksiz taʼminlash va oʻz vaqtida shaxsiy tarkibga belgilangan meʼyor talablarini yetkazishda salmoqli hissa qoʻshib kelayotgani taʼkidlandi.
Aytish joizki, mustaqillik yillarida milliy armiyamizda rivojlanib kelayotgan yangicha harbiy anʼanalarga koʻra, har yili avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi moddiy taʼminot mutaxassislari va taʼminotchilarining kasb bayrami” sifatida keng nishonlanishi yoʻlga qoʻyilgan.
Tadbirda bir guruh moddiy taʼminot mutaxassislariga minnatdorchilik eʼlon qilinib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Bir necha nafar serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring