Nukus tumanida bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda

Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanida bir qator istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.
Jumladan, “Qaraqalpaq Nasl Elita” MCHJ ning ish faoliyatini koʻzdan kechirib, bu korxonada uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berdi. Xususan, Belarus davlatidan olib kelingan qishloq xoʻjaligi texnikalariga davlat bojxonasi uchun toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soliqlaridan (QQS) imtiyoz berilishi boʻyicha taklif berilishi hamda bank tomonidan kredit mablagʻlari ajratilishida amaliy yordam soʻragan. Tadbirkorning murojaati muhokama qilinib, ijobiy hal etildi.
Bundan tashqari, “Nukus Beton” MCHJ da boʻlib, qiymati 23,5 mlrd. soʻmlik, shundan 15,9 mlrd. soʻm bank kreditlari hisobidan temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etadigan, 2020-yilning dekabr oyiga ishga tushirish rejalashtirilgan loyiha bilan tanishildi. Mazkur loyihaning oʻz vaqtida ishga tushirilishi uchun qoʻshimcha 200 mln.soʻm miqdorida kredit mablagʻiga ehtiyoj aniqlangan. Bu muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga koʻrsatmalar berildi.
Yana bir jihat. Nukus tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan oila aʼzolarini doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida “Quyonchilik kooperativi”ni tashkil etish rejalashtirilgan. Bugungi kunda «Taqirkoʻl» OFY da qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlangan va quyonlar olib kelinmoqda. Natijada 50 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanishi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring