Nukus shahrida “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafonining yakuniy bosqichiga start berildi
Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafonining yakuniy bosqichiga start berildi.
Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamalov, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomurodovlar soʻzga chiqib, Prezidentimiz tomonidan Orolboʻyi mintaqasini har tomonlama rivojlantirish, ayniqsa, hududni obod qilish va Orol dengizi qurishi bilan bogʻliq yuzaga kelgan ekologik inqirozni yumshatish ishlariga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qaratayotgani eʼtirof qilindi.
Jumladan, Orol dengizning qurigan tubida yashil oʻrmonzorlar barpo etish, Qoraqalpogʻistonning barcha shahar va tumanlari, ayniqsa, Moʻynoqning infratuzilmasini mustahkamlash, aholi farovonligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar oʻz natijasini berayotganini, yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaning qabul qilingani bu boradagi islohotlarni yana-da yuqori bosqichga koʻtarishi alohida taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda sanʼat ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
“Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni 21-may kuni Andijon viloyatining Xonobod tumanidan 13 nafar velosportchi bilan boshlanib, respublikamizning barcha viloyatlaridan oʻtib, har bir hududda sportchi va havaskorlar qoʻshilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 50 nafardan ortiq velosportchi bilan yetib keldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasidan yana 10 nafar velosportchi va 50 nafarga yaqin havaskor va koʻngilli yoshlar qoʻshilishdi.
Nukus shahridan ekologik xayriya velomarafonining oxirgi bosqichi start chizigʻidan yoʻl olgan velosportchilar Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot tumanlari hududlaridan oʻtib, bugun kechqurun Moʻynoqdagi finish chizigʻiga yetib borishi kutilmoqda.
Gʻ.Otajonov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring