Novosibirskda murakkab vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarimizga yordam berildi

12:33 18 Iyun 2022 Jamiyat
415 0

Novosibirsk shahridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi hamda mamlakatimiz Bosh konsulxonasi hamkorligida Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borgan 4 ta oila vakillariga huquqiy va amaliy yordam berildi.

Shuningdek, vatandoshlarimiz bilan muloqot oʻtkazilib, ularga xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatimizda mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Fuqarolar vaqtinchalik yashash joy bilan taʼminlanib, Vatanga qaytishiga amaliy yordam berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?