Norinda tritsikl ishlab chiqarilmoqda

Arxiv foto
Haqquloboddagi “Norin moto bike” masʼuliyati cheklangan jamiyati dastavval faoliyatni kattalar uchun velosiped ishlab chiqarishdan boshlagan edi.
Endilikda bu yerda bir kecha kunduzda 300 donadan koʻproq 15 turdagi velosiped tayyorlanmoqda. Orada mototsikl, moped va skuterlar tayyorlash ham oʻzlashtirildi. Bundan bir hafta avval esa korxona iseʼmolchilarga yana bir mahsulot - tritsiklni taqdim etdi. 2 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan radiatorli mazkur transport vositasi ixcham va boshqarishga qulay boʻlib, bir oilaning xoʻjalik ishlarini bemalol uddalay oladi.
- Biz tritsikllarni haridor istagiga qarab tegishli rang va yuk koʻtarish quvvatiga mos ravishda tayyorlab beryapmiz,- deydi MCHJ ishlab chiqarish boʻlimi mutaxassisi Dilshod Alimqulov. – Pirovardida, yangi mahsulotimizga boʻlgan talab kun sayin ortib borayotir.
Aytish lozimki, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining faol ishtirokchisi boʻlgan korxona faoliyatini izchil yoʻlga qoʻyib olishi bilan yuzdan ziyod yangi ish oʻrni vujudga keldi.
Qudratilla NAJMIDDINOV.
/“Xalq soʻzi”/.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring