Norin tumanida sodir boʻlgan YTHda 2 fuqaro vafot etdi

22:26 15 May 2021 Jamiyat
337 0

2021-yil 12-may kuni soat 10:30 larda, Choʻja-Haqqulobod yoʻlining 22 km.da, Norin tumani Boʻzoʻlmas MFY hududida, Norin tumanida yashovchi, 1978-yilda tugʻilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlari bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Norin tumanida yashovchi, 1976-yilda tugʻilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashib, soʻngra ushbu avtomashinani ortidan harakatlanib kelayotgan, Namangan tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi UAZ rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada boʻlgan yoʻlovchilar, Norin tumanida yashagan, 1959-yilda tugʻilgan, Andijon viloyati Paxtobod tumanida yashagan, 1984-yilda tugʻilgan fuqarolar ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etganlar. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

«Shuningdek, Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, oʻng koʻkrak qovurgʻa suyaklarini yopiq sinishi, oʻng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi va yoʻlovchilari, Namangan shahrida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan fuqaro bosh miya chayqalishi, ikkala oyoq son suyagini yopiq sinishi, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan ayol bosh miya chayqalishi, ikkala koʻz sohasi gematomasi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat boʻyicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 12-may kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan» deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?