Norin daryosi ustiga yangi koʻprik qurilmoqda

18:49 19 Fevral 2024 Jamiyat
148 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namanganda Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bogʻlovchi yangi yoʻl qurilishi loyihasi tasdiqlangan. 17,5 kilometr uzunlikda barpo etiladigan mazkur trassa hozirga qadar xizmatda boʻlgan eski avtomobil yoʻlida vujudga kelgan tirbandliklarni bartaraf etish barobarida atrof hududdagi aholi punktlarini yanada obodonlashtirish hamda yoʻl yoqasi infratuzilmasini rivojlantirish imkonini beradi. Kuni kecha boʻlajak trassaning Norin daryosi Uychi tumanidan kesib oʻtadigan qismida qurilishi moʻljallangan koʻprikka tamal toshi qoʻyildi.

— Loyiha qiymati 184,9 milliard soʻmga teng 481 metr uzunlikdagi yangi koʻprik Respublika yoʻl qurilish direksiyasi buyurtmachiligida bosh pudratchi — “Toshkent koʻpriklardan foydalanish” davlat unitar korxonasi tomonidan bunyod etilmoqda, — deydi Uychi tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Farhod Mamadaliyev. — Koʻpriksozlar ayni paytda qurilisholdi tayyorgarlik ishlarini nihoyasiga yetkazib, asosiy yumushlarga kirishishdi.

Namangan viloyati avtomobil yoʻllari rivojiga xizmat qiladigan yangi koʻprikni 2025-yilning uchinchi choragida toʻla bitkazish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер