Norboyeva, Sayfullayev, Umarov: 6 nafar senator “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

02:07 28 Aprel 2021 Jamiyat
858 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash «Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq, “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan edi.

Kuni kecha ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar roʻyxati eʼlon qilindi. Ular orasida 6 nafar Oliy Majlis Senati aʼzolari ham bor. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbidin Burxonov, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Narimon Umarov, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Madumarov birinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?