Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro ushlandi

17:53 07 Sentyabr 2022 Jamiyat
269 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro tumanidagi “Madaniyat” MFY hududida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.T. fuqaro G.dan 2 900 AQSH dollarini 31,6 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?