Noqonuniy benzin sotgan “zapravka” jarimaga tortildi
Andijonda davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtmay benzin sotgan “zapravka”ga nisbatan jarima qoʻllandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Inspeksiyaning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Baliqchi tumani “Eski Markaz” MFYda joylashgan “O.G.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu AYOQSHagi yoqilgʻi tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish muddatiga amal qilinmasdan isteʼmolchilarga Ai-80 markali avtobenzin sotilayotganligi aniqlandi.
Tekshiruv yakunida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga koʻra, ushbu AYOQSHga nisbatan realizatsiya qilingan 10 302 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi – 42,8 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.
Avvalroq Jizzax viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasiga nisbatan chora koʻrilgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring