Nomzodlar roʻyxatga olindi

16:26 14 Sentyabr 2021 Siyosat
342 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonun talablariga mosligi inobatga olinib, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Varisova Maksuda Azizovna, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich va Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Mirziyoyev Shavkat Miromonovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib roʻyxatga olindi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishda maʼlum qilindi.

Joriy yilning 9-10-sentyabr kuni mazkur siyosiy partiyalar tomonidan tegishli hujjatlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodlarni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etilgan edi. Saylov kodeksining 39-moddasiga binoan, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan tuzilgan Ekspertlar guruhi tomonidan tekshirildi.

Qayd etish joiz, Ekspert guruhi aʼzolari har bir imzo varaqasini vizual oʻrganish jarayonida, ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga, tuzatishlar kiritilganligiga, oʻchirib yozilgan tuzatishlar borligiga, turli shaxslar tomonidan toʻldirilganligiga, oʻxshash imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatishlar borligiga va boshqalarga oʻz eʼtiborini qaratishdi.

Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhining xulosasiga asosan taqdim etilgan imzo varaqalari nomzodlarni roʻyxatga olish uchun yetarli miqdorda toʻplangan va qonun talablariga mos keladi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?