“Men jamiyatning to‘laqonli aʼzosiman”

11:21 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
160 0

Foto: Istam Ibrohimov / Xalq so‘zi

3 -Buxoro saylov okrugi, viloyat adliya boshqarmasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Buxoro viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan “Men jamiyatning to‘laqonli aʼzosiman” mavzuidagi targ‘ibot qatnashchilari ana shu savolga atroflicha javob oldilar.

Tadbirda so‘z olgan okrug saylov komissiyasi aʼzosi Qahramon Tursunovning taʼkidlashicha, imkoniyati cheklangan fuqarolarning Prezident saylovida emin-erkin ishtirok etishlari uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Xususan, ko‘zi ojizlar saylov byulletenini to‘ldirish uchun brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaret orqali ovoz beradilar. Saylovoldi tashviqotiga oid teleko‘rsatuvlar imo-ishora tili va subtitr yozuvida berilayotgani, bosma nashrlar brayl alifbosida ham tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.

 

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?