Nogironligi boʻlgan shaxslarga dori vositalarini tarqatishda tartib oʻrnatilib, shaffof tizim yaratiladi

13:11 20 Fevral 2024 Siyosat
72 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Tumanlardagi davolash oʻrinlarining 5 foizi nogironligi boʻlganlarni reabilitatsiya qilishga ajratilishi, tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilandi.

Protez vositalari 18 turdan 30 turga, ajratilayotgan mablagʻ esa 1,5 barobar oshirilib, 100 milliard soʻmga yetkaziladi hamda ular bilan taʼminlash elektron shaklda boʻladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar bunday vositalarni uydan turib, vaucher orqali onlayn yoki “Inson” markazi yordamida istalgan ishlab chiqaruvchidan olishi mumkin boʻladi.

Mutasaddilarga nogironligi boʻlgan shaxslarga dori vositalarini tarqatishda ham tartib oʻrnatib, shaffof tizim yaratish topshirildi.

Bu uyda oʻtirgan nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi yengillashishiga, bilim olishi va kasbiy koʻnikma egallashi, mehnat qilishi yoki sport bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratilishiga xizmat qiladi. Protezlarni olish muddati qisqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?