Nogironligi boʻlgan bolalarni zarur texnik vositalar va kerakli muolajalar bilan taʼminlash ishlari yana-da jadallashadi

00:37 13 Avgust 2021 Jamiyat
265 0

Prezidentimizning “Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarga, ayniqsa bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash maqsadida:

maktabgacha va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarni zamonaviy eshitish moslamalari bilan taʼminlash orqali moslashtirilgan (adaptiv) oʻquv tizimini joriy qilish;

koxlear implantantlarini oʻrnatish boʻyicha jarrohlik amaliyotini oʻtkazishdan oldin va undan keyingi reabilitatsiya jarayonini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq bepul amalga oshirish;

bolalarni tugʻma, patologik va orttirilgan mushak-skelet tizimidagi oʻzgarishlar va deformatsiyalarni davolash uchun zarur boʻlgan tibbiyot buyumlari va endoprotezlar bilan uzluksiz taʼminlash, jumladan ekzoskelet uskunasini olib kirish orqali nogironligi boʻlgan shaxslarning odatiy hayotga moslashuvini tezlashtirish;

bosh miyadagi patologik oʻzgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bilan tugʻilgan bolalarning, shuningdek, yangi tugʻilgan chaqaloqlar, bolalar va oʻsmirlardagi tugʻma yurak nuqsonlarining jarrohlik amaliyotini oʻtkazishni davlat taʼminotiga olish;

nogironligi boʻlgan shaxslarni zamonaviy elektro-pultli nogironlar aravachalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;

koʻzi ojiz bolalar va kattalarni hayoti uchun zarur boʻlgan texnik vositalar, jumladan ovozli termometr, ovozli tonometr va yigʻma Brayl alifbosi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?