Nogironlarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Foto: Illustrativ foto
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironlarni ishga qabul qilganlarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.
2024-yil 1-martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan toʻliq qaytarib beriladi.
2022-yil 1-iyuldan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish shartlarini nazarda tutuvchi ijtimoiy buyurtma mablagʻlarini ajratish tizimini joriy etiladi:
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib ushbu shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltirish;
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan hamda ular uchun ish oʻrinlarini moslashtirgan ish beruvchilar tomonidan mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish;
nogironligi boʻlgan shaxslarni tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb qilish hamda ular uchun ijtimoiy taʼminotga oid axborot va maslahat berish hamda ularning huquqiy ongini oshirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring