Nogiron farzandlarini parvarishlayotgan ayollarga qoʻshimcha nafaqa berildi

22:04 09 Iyun 2022 Jamiyat
260 0

Arxiv surat

Xorazmlik M.Boboyeva, Y.Egamberdiyeva va I.Kazakovalar nogiron farzandlari parvarishi bilan band boʻlganligi sababli moddiy yordam berilishida amaliy yordam soʻrab adliya organlariga murojaat qilishdi.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan ularning murojaatlari qanoatlantirilib, Prezidentimizning 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan, hech qayerda ishlamasdan uyida nogiron farzandlarining parvarishi bilan band boʻlgan 3 nafar onaga bolalarini parvarishlash nafaqasi tayinlandi.

Maʼlumot uchun: Prezident Farmonining 2-bandiga koʻra, 2022-yil 1-apreldan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 soʻm miqdorida nafaqa toʻlovi joriy etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер