Nijnevartovskda “Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobining taqdimoti oʻtkazildi

13:41 14 May 2022 Jamiyat
383 0

Dunyoning turli mamlakatlarida akademik Akmal Saidov qalamiga mansub “Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobining taqdimotlari boʻlib oʻtmoqda. Shunday taqdimotlarning navbatdagisi 2022-yil 8-may kuni Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi Nijnevartovsk shahrida tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga qaraganda, mazkur tadbir mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi, Nijnevartovsk shahri kutubxonasi va bu yerdagi oʻzbek diasporasi tashabbusi asosida oʻtkazilgan.

Unda 2021-yili oʻzbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan salmoqli kitobda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida bunyod etilgan muhtasham “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyati ochib berilgani xususida soʻz yuritilgan.

Maʼruzachilar eʼtirof etganlaridek, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi timsolida tinchliksevarlik va insonparvarlikning oʻzbekona falsafasi amalda yorqin namoyon boʻlgan. Xalqona tinchlikparvar siyosatga bunday yangicha, bunyodkorona yondashuv, taʼbir joiz boʻlsa, Yangi Oʻzbekistonning shiddatli islohotlariga xos muhim xususiyat hamdir.

Taqdimot tafsilotlari shahar ommaviy axborot vositalarida atroflicha yoritilgan.

Maʼlumot uchun: MDH Ijroiya qoʻmitasining rasmiy saytida (cis.minsk.by) “Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobining rus tilidagi elektron matni joylashtirilgan. Bu, oʻz navbatida, kitobni onlayn tarzda mutolaa qilish imkoniyatini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер