Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?
Foto: Arxiv surat
2022-yil 28-oktyabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan darsliklar va oʻquv adabiyotlari roʻyxati joylashtirildi.
Unda 2022-2023-oʻquv yilida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan oʻquv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.
Maʼlumki, har bir test topshirigʻi davlat taʼlim standartlariga va oʻquv rejadagi fan dasturlariga mos boʻlishi lozim.
Testologiya asoslariga koʻra saralash imtihonlarida qoʻllanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan oʻzlashtirilmagan oʻquv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas.
Qayd etish kerakki, umumtaʼlim maktablarini joriy oʻquv yilida bitiradigan oʻquvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan oʻquv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida taʼlim olmagan.
Shu sababli 2023-yilda oʻtkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatida yangi darsliklar keltirilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring