Nima uchun Oʻzbekistonga chet eldan mutaxassislar kelyapti? Bizning tizim va tibbiyot xodimlarimiz oʻz ishlarini uddalay olmayaptilarmi?

14:57 29 Avgust 2020 Jamiyat
318 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob qaytardi:

— Yurtimizda tizim yoki shifokorlar oʻz ishlarini uddalay olmadilar deyish notoʻgʻri boʻladi. Koronavirusdan sogʻayganlar koʻrsatkichi ham buni isbotlab turibdi.

Koronavirus yangi va uning ochilmagan qirralari koʻp. U geografik tuzilishga, ob-havoga, iqlimga, mahalliy sharoitiga va odamlarni olib borayotgan turmush tarziga qarab turlicha kechmoqda. Har bir davlat tavsiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashgan holda ishlab chiqadi va har qanday vaqtda uni toʻldirishi yoki oʻzgartirishi mumkin. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarning malakali mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashib turish hozirgi kun talabidir. Olimlar turli davlatlarga borib nafaqat amaliy yordam beradilar, balki mahalliy olimlar bilan birga har bir mamlakatda izlanish oʻtkazadilar va davolash va kasallikni saralash, tashxis qoʻyish boʻyicha yangi, zamonaviy va qulay, samarali usullarni kashf etadilar hamda tajriba almashadilar .

Aytish kerakki, chet el mutaxassislari Oʻzbekiston tanlagan yoʻli va taktikasiga yuqori baho bermoqdalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?