Nikohda ayollarning roziligi boʻlishi kerak — “Tolibon” ayollar huquqlari boʻyicha farmon chiqardi

20:33 04 Dekabr 2021 Dunyo
2028 0

Afgʻonistonda “Tolibon” hukumatining rahbari Haybatulloh Oxunzoda mamlakatda ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus farmon chiqardi. Bu haqda kecha, 3-dekabr kuni “Tolibon”ning Matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid maʼlum qildi.Farmonda “Tolibon” rahbariyati mamlakatdagi barcha tegishli mutasaddilarga, din ulamolariga ayollar huquqlarini taʼminlash boʻyicha jiddiy choralar koʻrish boʻyicha topshiriq berdi.

Farmonda belgilanishicha, ayollarga mulk sifatida qaralmasligi va nikohda ularning roziligi boʻlishi zarur.

Farmonda “Ayol buyum yoki mulk emas, u erkin va ozod shaxsdir. Hech kim tinchlik oʻrnatish va adovatni tugatish uchun ayolni boshqa birovga sovgʻa sifatida bera olmaydi”, deyilgan.

Turmush oʻrtogʻi vafot etgan ayollar ularning mulkiga ega boʻlish huquqiga ega boʻladi. Bevalarni majburlab turmushga berish taʼqiqlanadi.

Farmonda ayollarning uydan tashqarida faoliyat olib borishi va taʼlim olish huquqlari haqida soʻz yuritilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?