Nikoh shartnomasi — mulk huquqi kafolati

22:47 16 Avgust 2022 Jamiyat
359 0

Oʻzbekiston Notarial palatasi va “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Nikoh shartnomasi — mulk huquqi kafolati” shiori ostida aksiya oʻtkazilishi eʼlon qilingan edi.

Ayni paytda hududlarda ushbu aksiyani yuqori saviyada tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Mazkur tadbir Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash fondi grant tanlovida qoʻllab-quvvatlangan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.

Bugun ushbu aksiya doirasida respublikamizning 10 ta hududida tadbirlarga start berildi. Yuqorida qayd etilgan ijtimoiy aksiya Fargʻona shahridagi “Baxt uyi”da oʻz tadbirlarini boshladi.

Taʼkidlash joizki, fuqarolar tomonidan nikoh shartnomasi masalalariga eʼtibor bilan qaramoqda. Shu bois Notarial palatasiga aholidan, ayniqsa, yosh kelin-kuyovlarda koʻpgina savollar kelib tushmoqda. Ularning savollariga masʼul xodimlar hamda notariuslar tezkorlik bilan javob berib kelmoqda.

Tadbir davomida hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati va axamiyati boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

“Nikoh shartnomasi – mulk huquqi kafolati” shiori ostida aksiyasi doirasida tadbir Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi Koʻkcha mahallasida ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Aytish joizki, joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida Toshkent shahri boʻyicha 634 ta nikoh shartnomasi rasmiylashtirilgan. 

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, hisobot davrida respublika boʻyicha jami 3526 ta nikoh shartnomasi rasmiylashtirilgan. Eng koʻp nikoh shartnomasi rasmiylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinda Namangan viloyati  (950 ta), ikkinchi oʻrinda Toshkent shahri (654 ta), uchinchi oʻrinda Fargʻona viloyati (530 ta) hissasiga toʻgʻri keladi.

Boshqa viloyatlarda 14 tadan 143 tagacha nikoh shartnomalari rasmiylashtirilgan boʻlib, oʻtkazilayotgan ijtimoiy aksiyaning dolzarbligidan dalolat beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?