Niderlandiyada parranda grippi aniqlandi. Endi 120 ming tovuq yoʻq qilinadi

17:48 21 Fevral 2021 Dunyo
470 0

Niderlandiyaning Sint-Udenrod shahridagi parrandachilik fabrikasida parranda grippi aniqlandi. Bu haqda Niderlandiya Qishloq xoʻjaligi, tabiat va oziq-ovqat vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu gripp “xavfli (yuqori patogen) kasallik turi” boʻlishi mumkin. 1 km radiusda yana ikkita parrandachilik fermalari mavjud. Virus tarqalishining oldini olish uchun ushbu fermer xoʻjaliklaridagi parrandalarning barchasi, yaʼni taxminan 122 ming tovuq yoʻq qilinadi.

Yana 3 km radiusda joylashgan yettita parrandachilik fermalari muntazam ravishda sinovdan oʻtkaziladi. Shuningdek, 10 km radiusda yana 26 fermer xoʻjaligi mavjud. Ular uchun parranda va parranda mahsulotlarini tashish taqiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?