Niderlandiyada fast-fudlarni taqiqlash boʻyicha harakatlar boshlandi

11:08 03 Sentyabr 2021 Dunyo
694 0

Niderlandiyadagi beshta yirik shahar maʼmuriyati semizlikka qarshi kurashish maqsadida ovqatlanish joylarida fast-fudlarni taqiqlash boʻyicha huquqiy harakatlarni boshlagan. Bu haqda NL Times xabar berdi.

Gap Amsterdam, Gaaga, Rotterdam, Utrext va Ede shaharlar haqida ketmoqda. Ushbu hududlar rahbarlari mamlakatning sogʻliqni saqlash, farovonlik va sport boʻyicha davlat kotibi Pol Blokxeysga shu boʻyicha rasmiy xat yoʻllashgan. Unda fast-fud restoranlari soni oshishini toʻxtatish soʻralgan.

Ammo bu murojaatni amalga oshirish qiyinligi aytilmoqda.

“Ovqatlanish bu shaxsiy tanlovdir. Munitsipalitet va hukumat bu masalaga atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun bilan taʼsir oʻtkaza olmaydi”, — deydi Amsterdam universiteti dotsenti Annika de Ryuyter.

Sogʻliqni saqlash, farovonlik va sport vazirligi esa hududlar bilan birgalikda oziq-ovqat tarkibini sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlar olib borilishini maʼlum qilgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?