Nevskiy xalqaro ekologik kongressi ochildi

09:33 28 May 2021 Siyosat
520 0

2021-yil 27-may kuni “Sayyora ekologiyasi – barqaror rivojlanish” shiori ostida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi milliy strategiya va loyihalarga, ekologik masʼuliyatni his etgan holda yurish-turish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ishlab chiqarish va isteʼmol madaniyati, sogʻlom turmush tarzi masalalariga bagʻishlangan IX Nevskiy xalqaro ekologik kongressining ochilishi boʻlib oʻtdi.

Videokonferensaloqa formatida tashkil etilgan tadbirda MDHga aʼzo davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasi aʼzolari, MDH mamlakatlari hokimiyat organlari, ilmiy ekspertlar va ishbilarmon doiralar hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Yalpi majlis, milliy loyihalarni rivojlantirish, tabiiy resurslar va bioxilma-xillikni saqlash, iqlim siyosati, “yashil” energetika , ekologik taʼlim, suv obyektlarini barqaror rivojlantirish boʻyicha davra suhbatlari ikki kun davomida (27-28-may kunlari) oʻtkaziladigan IX Nevskiy xalqaro ekologik kongressi dasturidan oʻrin oldi. Ekologik xavfsizlik mavzusi ham muhokama etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining raisi B.Alixonov soʻzga chiqdi.

Orol dengizining qurishi, iqlim oʻzgarishi, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston hukumati tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar, qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda suv isteʼmol qilish, yangi “nou-xau” agrobiotexnologiyasini joriy etish kabi masalalarga urgʻu berildi.

Ishtirokchilar suv resurslarini zararsiz, oʻzaro manfaatli boshqarish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidladi.

IX Nevskiy xalqaro ekologik kongressi 2021-yil 28-may kuni oʻz ishini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?