Nepalda samolyot halokati oqibatida 68 kishi halok boʻldi

20:26 15 Yanvar 2023 Dunyo
809 0

Foto: Reuters

Nepal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi samolyot halokatida 68 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.

Nepalda “Yeti Airlines” aviakompaniyasining “TR 72” yoʻlovchi samolyoti qulashi oqibatida 68 kishi halok boʻldi. Qurbonlar soni mamlakat fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ham tasdiqladi.

Samolyot bortida jami 72 kishi boʻlgan, ulardan toʻrt nafari ekipaj aʼzosi boʻlgan.

“Yeti Airlines” aviakompaniyasining “ATR 72” samolyoti 15-yanvar kuni Poxara xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagida qulab tushdi. Fojia sabablari oʻrganilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, layner Katmandu — Poxara yoʻnalishida reysni amalga oshirayotgan edi. Yoʻlovchilar orasida 53 nafar nepallik va 15 nafar xorijlik boʻlgan. Xususan, bortda besh nafar hindistonlik, toʻrt nafar rossiyalik, ikki nafar janubiy koreyalik hamda bir nafar Avstraliya, Fransiya, Argentina va Irlandiya fuqarolari boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер