Nemislar Tojikistonda GES qurilishiga yordam beradi

09:25 06 Avgust 2019 Dunyo
986 0

Arxiv foto

Tojikiston va Germaniya oʻrtasida oʻzaro moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. Mamlakat iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ushbu kelishuvning umumiy summasi 27 mln. yevroni tashkil etadi. Mazkur mablagʻlar moslashtirilgan yerlardan foydalanish hisobiga qishloq xoʻjaligi rivojlanishini kuchaytirish va tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish hamda “Sebzor” GESi loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Bu haqda “Avesta” manbasi xabar berdi.

Bundan oldin YEI ham Tojikistonda agrar sohani ravnaq toptirish va koʻmakka muhtoj aholi qatlamlari hayotini yaxshilash maqsadida “Sebzor” GESi loyihasini qoʻllab-quvvatlagan edi.

“Sebzor” gidroelektrostansiyasini Togʻli Badaxshon avtonom viloyatidagi Shohdara daryosiga qurish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?