Nemis siyosatchilari AQSHning NATOdan chiqish ehtimolini muhokama qilmoqda

11:16 05 Fevral 2024 Dunyo
84 0

Tramp bir necha bor Qoʻshma Shtatlar Shimoliy Atlantika alyansida haddan tashqari koʻp kuch va pul sarflayotganini taʼkidlagan, shuningdek, AQSHning NATOdan chiqishi kerakligi haqida fikr bildirgan.

“Nemis siyosatchilari Tramp prezidentlikka saylansa, buni roʻyobga chiqarishga harakat qilishi mumkinligidan havotirda”, deb yozadi nashr.

The New York Timesʻga koʻra, hozirda Germaniya Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha AQSHdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.Qoʻshma Shtatlar 2023-yil oxirida Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatishni oʻz ichiga olgan byudjetni tasdiqlay olmaganligi sababli, Germaniya oʻz byudjetida Kievga yordam uchun harajatlarni deyarli ikki barobarga oshirib, yiliga 8,5 milliard dollarga yetkazdi.

AQSH “Sovuq urush” davrida tuzilgan NATOning taʼsischilaridan biri va alyansda yetakchi mavqega ega davlat hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra, Qoʻshma Shtatlar NATO xarajatlarining qariyb 70 foizini taʼminlaydilar. Shunday boʻlsada, rasmiy ravishda alyansga aʼzo barcha davlatlar teng huquqqa ega hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер