Nega Toshkent shahrida ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda?

AOKAda oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
— Hozirgi vaqtda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, koronavirusga qarshi kurashishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan ayrim markazlar (“Atlas”, “Yoshlik”) vaqtinchalik yopildi.
Taqsimlash markazlarining yopilish sabablaridan biri — koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygani bilan bogʻliq.
Shuningdek, Toshkent shahrida taqsimlash markazlarining yopilishi, poytaxtda, umuman mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi.
Toʻgʻri, koʻplab mamlakatlarda koronavirus keng tarqalmoqda, koʻplab davlatlar ikkinchi toʻlqindan aziyat chekmoqda. Bu bizni hushyorlikka chaqirishi lozim. Shunga koʻra, bugungi kunda davlat va barcha manfaatdor vazirlik, idoralar epidemiologik vaziyatni nazorat qilish boʻyicha ishlar olib borishmoqda va kasallik dinamikasi oshganda yopilgan obyektlar qayta tezkor ravishda ochiladi.
Bundan tashqari, mamlakat shifokorlari va olimlari pandemiya davrida koronavirusga chalingan bemorlarni samarali davolash boʻyicha katta tajriba orttirishdi, shuningdek, kasbiy mahoratlarini ham oshirishdi.
Shuningdek, koronavirusga bemorlarini davolashga ixtisoslashgan barcha mavjud markazlar zarur yotoq-oʻrinlari, tibbiyot uskunalari va dori vositalari bilan taʼminlangan, shuningdek, malakali tibbiyot xodimlari ham biriktirilgan. Markazlar yopilgan taqdirda ham ushbu taʼminotlar saqlanib qolinadi. Takroriy toʻlqinda ushbu markazlar va resurslar aholiga qayta yuqori malakali yordam koʻrsatish uchun tiklanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring