Rasmiy statistikada berilgan o‘limlar soni bilan real hayotdagi o‘limlar soni o‘rtasida tafovut bor — Oqilov

17:10 03 Avgust 2020 Jamiyat
941 0

Bugun boʻlib oʻtayotgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Habibullo Oqilov nima uchun koronavirusga oid oʻlimlar boʻyicha rasmiy statistika kamaytirilib koʻrsatilayotgani, barcha oʻlim holatlari ham aytilmayotgani haqidagi savolga izoh berdi.

“Rasmiy statistikada berilgan oʻlimlar soni bilan real hayotdagi oʻlimlar soni oʻrtasida tafovut bor. Masalan, ilgari qoʻlida hech qanday tahlil (test) natijasi boʻlmagan bemorlarni Covid-statsionarlarda qabul qilmasdik, ularni oddiy shifoxonalarga yuborar edik. Lekin hozirgi strategiyamiz boʻyicha tahlil natijasi boʻlmasa ham, uni kutib oʻtirmasdan xuddi koronavirusga chalinganda qilinadigan davoni olib borish kerakligi haqida buyrugʻimiz bor.
Lekin ming afsus, uyida davolanishga harakat qilib, keyin ogʻir ahvolda olib kelingan bemorlar 1-2 kun yotib, keyin vafot etadigan boʻlsa va kelgan paytda qoʻlida tahlil (test) natijasi boʻlmasa, yaʼni klinikada tahlil olinib, tasdiqlanmagan boʻlsa, ular statistikada koronavirusdan oʻlgan deb hisoblanmaydi, pnevmoniya boʻlib hisoblanadi. Tahlil natijasi bilan tasdiqlanganlargina koronavirus statistikasiga tushadi. Balki shuning uchun ham tafovut boʻlishi mumkin”, - dedi Habibullo Oqilov. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?