Nega xorijiy va milliy ekspertlar Oʻzbekiston erkin iqtisodiy zonalari faoliyatidan mamnun emas?

12:06 13 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
1947 0

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Shvetsariyaning “PeaceNexus” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston erkin iqtisodiy zonalarining samarali faoliyat yuritishini tashkil etish va qulay shart-sharoitlarni yaratish” loyihasi doirasida mavjud muammolar oʻrganildi.

Loyiha doirasida ekspertlar bilan 2018 yilning sentyabr va oktyabr oylari davomida EIZlarning faoliyati va mavjud muammolari, shuningdek, mintaqa va butun mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar yechimiga EIZ taʼsiri masalalari oʻrganildi. Loyihani amalga oshirishga xorijiy va milliy ekspertlar jalb qilingan.

Аniqlangan muammo va kamchiliklar haqida 2018 yilning 12 noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Oʻzbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning samaradorligini baholash: qonunchilik, investitsiyalar, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari” mavzusida davra suhbatida batafsil berildi. Bu haqda Spot.uz yozmoqda.

Qanday muammo va kamchiliklar aniqlandi:

ishga kirish vizalarini olish (Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar ishga joylashishi uchun ruxsat beradigan) noqulay deb hisoblanadi;

investorlar uzoq choʻziladigan byurokratik jarayonlar va davlat idoralari tomonidan ularning murojaatlari nihoyatda uzoq muddatda koʻrib chiqilishidan shikoyat qilishadi. Davlat ekologiya qoʻmitasining xulosasini olish, qurilishga ruxsat berish va muhandislik-kommunikatsion tarmoqqa ulanish toʻgʻrisidagi qaror bir necha oyga choʻzilib ketadi. Xuddi shu xizmatlar murojaatni bir eʼtiroz asosida rad etishi va bir necha bor qayta koʻrib chiqish uchun yuborishlari mumkin;

EIZ ishtirokchilari kerakli miqdorda xomashyo resurslari sotib olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, ular Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali realizatsiya qilinadi;

EIZ ni boshqarish davlat markaziy organlari:

EIZni oʻrta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining va EIZ tashkil etish va ishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha direksiya va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini baholash va ragʻbatlantirish tizimi yoʻqligi;

Iqtisodiyot va Davlat investitsiya qoʻmitasi vazifalari bir-birini takrorlashi, EIZni boshqarish va muvofiqlashtirish vakolatlarini haddan tashqari markazlashtirish. Bundan tashqari, EIZ direksiyasi tomonidan qabul qilingan yagona hisobot shakllari mavjud emas;

5 million $ dan ortiq investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish vazirliklar va idoralar, shuningdek, Respublika kengashi darajasida choʻziladi;
Mahalliy aholi EIZ faoliyati natijasida turmush sharoitida (daromadlar, atrof-muhitni yaxshilash, ish iqlimini yaxshilash) muhim yaxshilanishlarni koʻrmayapti.

Shuningdek, investorlar, davlat kompaniyalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari (“Oʻzbekiston havo yoʻllari“ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari“)ni odatda juda yuqori deb hisoblashadi. Masalan, bitta 40 futlik konteynerni Navoiy shahridagi “Tinchlik” stansiyasidan “Navoiy” EIZga qadar (25 km) transport vositasida tashish 500 $ga aylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?