“Neftchi” yana Superligada

10:21 08 Oktyabr 2021 Sport
590 0

Fargʻonaning “Neftchi” futbol jamoasi hisobida oʻndan ortiq chempionlik, kumush medallari bor. “Neftchi”ning Osiyo qitʼasi musobaqalari, mamlakatimiz milliy terma jamoasiga iqtidorli futbolchilar yetkazib berish borasidagi yutuqlari ham eʼtirofga loyiq.

Lekin, afsuski, keyingi yillarda jamoa ishida siljish kuzatilmay, sust oʻyinlari bilan oʻz muxlislarini ranjitib kelayotgan edi. Bir necha mavsum elitaga qaytishga uringan jamoa nihoyat ushbu sharafli vazifani uddaladi.

Oʻzbekiston Pro ligasining 20-tur bahslari doirasida Gʻijduvonda Buxoroning “Nurafshon” jamoasi bilan bellashgan “Neftchi” raqib ustidan 4-1 hisobida ishonchli gʻalaba qozondi va muddatidan avval Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?