“Neftchi” — “Turon” oʻyinida bezorilik qilgan 5 nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi

Xabar qilganimizdek, Pro-liga 20-turi doirasida Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadionida boʻlib oʻtgan “Neftchi”-“Turon” uchrashuvidan (0:1) keyin tartibsizlik roʻy berdi.
Holat boʻyicha Jinoyat Kodeksning tegishli moddalari asosida 6 nafar shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlanganligi bois, ular maʼmuriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Fargʻona shahar maʼmuriy sudi tomonidan O. Yusupov, S. Hikmatov, I. Tursunov, M. Akramov va Q. Mamajonovlarga nisbatan toʻplangan ish materiali koʻrib chiqildi.
Ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzib, futbol oʻyinida baqir-chaqir koʻtargan. Tartibsizlik vaqtida ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan faol qarshilik koʻrsatgan. Sud tomonidan ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berildi.
Ish materiali va sudda huquqbuzar O.Yusupov, S.Hikmatov, I.Tursunov, M.Akramov va Q.Mamajonovlarni faqat jamiyatdan ajratgan holda qamoq jazosi tayinlash orqali ularni tarbiyalash mumkinligi aniqlandi.
Fargʻona shahar maʼmuriy sudi raisi Solijon Qurbonovning xabar berishicha, huquqbuzarlarga oʻn besh sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring