Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda
Mamlakat kelajagi, barcha sohalarda yuksak maqsadlarga erishishi har tomonlama barkamol milliy kadrlarga bogʻliq. Shu bois yurtimizda keyingi yillarda oliy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Har bir oliy taʼlim muassasasining jahondagi yetakchi oliygohlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatishi, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlarini tatbiq etishi va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy qilishini davrning oʻzi taqozo qilmoqda.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Hammamiz koʻrib turibmiz: bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday ogʻir va murakkab vazifalarni qoʻymoqda. Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz shart.
Mamlakatimizda har yili yangi-yangi oliy taʼlim muassasalari tashkil etilib, yoshlarni qamrov darajasi ham ortib boryapti. Bugungi kunda birgina Samarqand viloyatida 13 ta davlat oliy taʼlim muassasasi mavjud boʻlsa, qator xususiy oliy taʼlim dargohlari ham faoliyat yuritmoqda. Ularda qanchadan-qancha iqtidorli talabalar saboq olmoqda.
Men Samarqand davlat universitetida oʻzbek tilshunosligi maktabining asoschilari Ulugʻ Tursunov, Rahmatullo Qoʻngʻurov, Xudoyberdi Doniyorov, Hamdam Berdiyorov kabi ulugʻ olimlar ishini davom ettirayotganimdan doim faxrlanaman. Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Rahmatullo Qoʻngʻurovning shogirdi sifatida shuni aytamanki, ustozining ishlarini davom ettirgan inson hech qachon kam boʻlmas ekan. “Zulfiya poeziyasining tili va uslubi” mavzusida nomzodlik, “Oʻzbek tilining badiiy uslubi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildim. 400 dan ortiq turli xarakterdagi ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-ommabop maqolalar hamda 39 ta monografiya, darslik, oʻquv, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, lugʻatlar va bibliografik koʻrsatkichlar nashr ettirishga muvaffaq boʻldim.
1990-yildan hozirga qadar SamDU oʻzbek tilshunosligi kafedrasining doktoranti, oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani oʻrinbosari, Filologik markaz direktori oʻrinbosari, oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani, oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bordim.
Oʻqituvchi va murabbiylar bayrami arafasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga binoan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlanganimdan behad mamnun boʻldim. Menga berilgan bu yuksak mukofotni butun samarqandlik olimlarga koʻrsatilgan ehtirom belgisi deb bilaman.
Ishonchim komilki, mamlakatimizda taʼlimga qaratilgan eʼtibor oʻz samarasini bera boshladi. Taʼlim sifat bosqichiga oʻtdi. Bu hali oʻz mevasini koʻrsatib, uchinchi Renessans poydevori boʻlib xizmat qiladi.
Suyun KARIMOV,
Samarqand davlat universitetining oʻzbek
tilshunosligi kafedrasi professori,
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat
koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring