Navro’z bayramini nishonlash kunlarida qo’shimcha mahalliy aviareyslar yo’lga qo’yiladi

10:59 09 Mart 2018 Jamiyat
1523 0

“O’zbekiston havo yo’llari”  Milliy aviakompaniyasi Navro’z bayramini nishonlash kunlari uchun Toshkentdan Buxoro va Urganchga qo’shimcha reyslarni yo’lga qo’yadi.
Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 18 – 22 mart kunlari “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo’nalishidagi parvozlar soni ko’paytiriladi. Kompaniya tomonidan 30-50 foizlik chegirmalar asosida chiqarilgan aviachiptalarga bo’lgan talabning oshib ketishi ana shunday qaror qabul qilishga sabab bo’ldi.
Quyida qo’shimcha reyslar jadvalini e’tiboringizga havola etamiz: 
18 mart
HY-051 Toshkent 7:00 — Urganch 8:40
HY-052 Urganch 9:20 — Toshkent 10:50
HY-021 Toshkent 7:00 — Buxoro 8:10
HY-022 Buxoro 8:50 — Toshkent 9:55
19 mart
HY-021 Toshkent 6:35 — Buxoro 7:45
HY-022 Buxoro 8:25 — Toshkent 9:30
HY-023 Toshkent 19:45 — Buxoro 20:55
HY-024 Buxoro 21:35 — Toshkent 22:40
20 mart
HY-053 Toshkent 13:10 — Urganch 14:50
HY-054 Urganch 15:30 — Toshkent 17:00
21 mart
HY-021 Toshkent 6:35 — Buxoro 7:45
HY-022 Buxoro 8:25 — Toshkent 9:30
22 mart
HY-051 Toshkent 20:10 — Urganch 21:50
HY-052 Urganch 22:30 — Buxoro 23:30
HY-052 Buxoro 0:10 — Toshkent 1:05


 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?