Navroʻz bayrami munosabati bilan aholi ketma-ket 5 kun dam oladi

04:52 20 Fevral 2022 Jamiyat
1392 0

Foto: Illustrativ foto

Navroʻz munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 4 kun dam oladi.

“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni bilan 2022-yil 22 va 23-mart kunlari barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar) qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Shunga koʻra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar Navroʻz bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi.

19-mart (shanba) — dam olish kuni;
20-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
21-mart (dushanba) — Navroʻz bayrami;
22-mart (seshanba) — qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.
23-mart (chorshanba) — qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 4 kun (20–23-mart kunlari) dam oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер