Navroʻz bayrami munosabati bilan 75 nafar mahkum afv etildi

20:38 19 Mart 2022 Jamiyat
782 0

Foto: Illustrativ foto

Prezident farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 75 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 4 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 53 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 2 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 16 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 18 nafarini chet el fuqarolari, 17 nafarini ayol, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini nogironlar hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?