Navroʻz bayrami arafasida Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

18:31 14 Mart 2022 Jamiyat
686 0

Yaqinlashib kelayotgan Navroʻz bayrami munosabati bilan yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yil 19 — 26-mart kunlari Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari 2022-yil 21 — 23-mart kunlarida quyidagi tarif qismidan kiritilgan bayram chegirmalar mavjud:

— pensionarlar, nogironlar, 1941 — 1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan — 50%;

— oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan — 15%;

— oilaviy boʻlib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan — 15%;

— bir jamoa, guruh boʻlib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yoʻriqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan — 15%;

— “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning tarif qismidan — 10%.

Maʼlumot oʻrnida: imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?