Navoiyga taʼzim

17:04 09 Fevral 2021 Jamiyat
224 0

“Xalq soʻzi” gazetasi bosma va onlayn nashrining doimiy hamkor mualliflaridan biri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev oʻzining tahliliy maqolalari, dolzarb chiqishlari bilan oʻquvchilarimiz mehrini qozongan. Eʼtiborlisi, deputatimiz nazmda ijod ham turar ekanlar. Xususan, 1991-yil Mir Alisher Navoiy tavalludining 550-yilligiga bagʻishlab yozgan sheʼrini biroz tahrir qilib, bizga joʻnatibdi. Samimiyat va cheksiz faxrga yoʻgʻrilgan ijod mahsulini sizga ham ilindik.

Navoiyga taʼzim

Ota – bobom avlodi – ulugʻ Navoiy,

Barcha xalq bobosiga aylanding.

Asrlar oʻtarkan, yosharib mangu –

Sheʼriyat sultoni etib saylanding.

Dostonlaring dastur boʻldi olimlarga,

Haq soʻzlaring keskir qilich zolimlarga.

Sen yaratgan ona tilni kimki buzar

Uyat bunday yurtdosh eru–xonimlarga.

Besh yuz sakson yil hali muddatmi bu

Gʻazallaring yangrar asri oldinda–ku!

Zanjirband til zanjirini axir uzdi,

Kuylamoqni boshlar xalqim – paymoni shu.

Meros etib, sen qoldirgan sheʼru gʻazal,

Inson ruhin koʻkka undab yangrar azal.

Zamonaning sadosi bor har baytingda

Xuddi kecha yozilgandek mos va tugal.

Dono-dono hikmatlaring dur-javohir,

Farhodlaring mardlar ichra eng bahodir

Buyukliging oldida xoʻp taʼzim etib,

Sheʼring uqib, ruhingni shod etar Nodir.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?