Navoiydagi mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan korxona faoliyatidan fotoreportaj

Foto: Hasan Paydoyev “Xalq soʻzi”
Prezidentimiz Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida «Gidro Stanko Servis» masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Navoiy viloyati sanoatlashgan hudud. Bu yerda togʻ-kon, metallurgiya, kimyo, energetika korxonalari koʻp. Ularga, umuman, yurtimiz sanoati va qishloq xoʻjaligiga mashinasozlik mahsulotlari doim zarur.

«Gidro Stanko Servis»da aynan shular ishlab chiqariladi. Bu yerda kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan. Natijada 2021-yilda 12 million dollardan ziyod valyuta mablagʻlarini tejashga erishilgan. Joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarish miqdori 23 million dollar boʻlishi kutilmoqda.

Korxonaga uskunalar Germaniya, Turkiya, Italiya va Xitoydan keltirib oʻrnatilgan. 370 kishi ish bilan taʼminlangan.

Bugungi kunda korxonada quyuv sexi tashkil etish va mahsulotlar turini koʻpaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Prezidentimiz mutasaddilarga mahalliylashtirish darajasini oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 1 trillion soʻmga yaqin 113 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning natijasida joriy yilning oʻzida 100 million dollarlik import qisqartirilishiga erishiladi.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring